Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
    16.07.2019

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyuldan “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” turkumi muomalaga kiritildi.

    O’zbekistonning yer osti turli minerallarga — neft, gaz, ko’mir, oltingugurt, tuz, fosforit, qurilish materiallari va boshqalarga boydir.

    Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yer ostidan topilgan minerallarning namunalari tasvirlangan. Minerallarning nomlari o‘zbek tilida lotin grafikasida berilgan.

    Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40×40 mm. Kvartblokning o‘lchami 100×120 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner – Kaneves Ye.

    Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

    1366. «Flyuorit-calsit brekchiyasi» Nominali – 1800 so‘m

    1367. «Marmar Oniks» Nominali – 3700 so‘m

    1368. «Tasmali Feruza qora slanesda» Nominali – 6500 so‘m

    1369. «Feruza» Nominali – 10700 so‘m

    Manba: Axborot xizmati