Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • “O‘zbekiston ne’matlari” pochta markalari turkumining chiqarilishi haqida
    16.07.2019

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yil 11-iyuldan “O‘zbekiston ne’matlari” turkumi muomalaga kiritildi.

    Turkum 3 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yaxshi va qulay tabiiy-iqlim sharoitida o‘sadigan mevalar tasvirlangan. Mevalarning nomlari lotin tilida berilgan.

    Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40×40 mm (aylana bilan). Kichik varaqning o‘lchami 160×80 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

    Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

    1363. «Morus nigra» (Shotut) Nominali – 1800 so‘m

    1364. «Malum» (Olma) Nominali – 3200 so‘m

    1365. «Pyrus» (Nok) Nominali – 3600 so‘m

    Rassom – Farmonov S. Dizayner – Sulaymonov U.

    Manba: Axborot xizmati