Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus maktabida kompyuter sinflarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
    12.07.2019

    Davlatimiz rahbarining yoshlar taʼlim tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – “Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish” boʻyicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar
    va tuman markazlarida bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari, shu bilan birga, Halq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda maktablardagi kompyuter sinflarida axborot texnologiyalari boʻyicha toʻgaraklar takshil etilmoqda.

    Uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan oʻquv tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 12-iyul kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus maktabida yangi jihozlangan kompyuter sinflarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda nutq soʻzlagan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qahramon Yuldashev ushbu oʻquv-tarbiya muassasalarida yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulangan zamonaviy kompyuter sinflarining tashkil etilishi, yoshlarning texnologiyalarni chuqur oʻzlashtirishlariga alohida eʼtibor qaratilishi mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim va malakaga ega soha mutaxassislarining yangi avlodi yetishib chiqishiga zamin yaratadi, – deya taʼkidladi.

    Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati, Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus maktabida AKT vazirligi tomonidan kompyuter sinflari tashkil etilib, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi hamda optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi tashkil etilib, ZiyoNET taʼlim tarmogʻiga ulandi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning oila aʼzolari bilan muloqot qilishlari uchun alohida soʻzlashuv xonalari tashkil etildi.

    Ochilish marosimidan soʻng, tarbiyalanuvchilar oʻrtasida elektron kompyuter sporti oʻyinlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalar ulashildi.

    Manba: Axborot xizmati