Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi
    29.06.2019

    2019-yil 29-iyunda “Oʻzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati maʼmuriy binosida Aksiyadorlarning 2018-yil yakunlariga bagʻishlangan yillik umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishni “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuv kengashi raisi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov boshqardi.

    Yigʻilishda yil yakunlari sarhisob qilingan holda, kun tartibidagi masalalar yuzasidan aksiyadorlarga batafsil hisobot berildi.

    Yigʻilishda jami ovoz beruvchi oddiy aksiyalarning 78,70 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar 6 306 980 dona ovoz bilan ishtirok etdi.
     
    Yigʻilish tahliliy -tanqidiy ruhda oʻtdi hamda unda jami 15 ta masala koʻrib chiqildi. 
     
    Jumladan, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash, Aksiyadorlik jamiyatning sanoq komissiyasi aʼzolari tarkibini tasdiqlash, Aksiyadorlik jamiyatining 2018-yil moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalari haqida Jamiyat rahbariyatining yillik hisoboti, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2018-yil yakunlari boʻyicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash, Jamiyat tomonidan 2018-yil yakunlari boʻyicha koʻrilgan sof foydani (zararni) taqsimlash va boshqa dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
     
    Muhokamalar jarayonida aksiyadorlar tomonidan umumiy yigʻilish vakolatiga daxldor dolzarb masalalar koʻrib chiqildi. 
     
    Kun tartibidagi barcha masalalar konstruktiv muhokama etilgach, tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Manba: Axborot xizmati