Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan barcha soha vakillarini muborakbod etadi
    27.06.2019

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 27-iyun matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni bilan mamlakatimizdagi barcha soha fidoyilarini samimiy muborakbod etadi.

    Bugun ushbu bayram munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli Farmoniga asosan bir guruh jurnalistlar safida “Xabar” gazetasi bosh muharriri Abdugʻani Abdurahmonov davlat mukofoti — “Shuhrat” medaliga sazovor boʻldi. Vazirlik jamoasi ushbu zahmatkash ijodkorni yuksak mukofot bilan tabriklaydi. Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan taʼminlashdek masʼuliyatli, sharafli ishlaringizda Sizni kuch-gʻayrat hech qachon tark etmasin!

    Manba: Axborot xizmati