Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda bitiruvchi magistrlarga diplom topshirildi
    27.06.2019

    27-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti magistrlariga tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov magistrlarni tabriklab, “Ishonamanki, yaqin kelajakda orangizdan xalqaro ahamiyatga ega IT-kompaniya rahbarlari, olimlar, “sunʼiy idrok”, robototexnika kabi zamonaviy yoʻnalishlarda yetakchi ekspertlar, vazirlik va idoralarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga hissa qoʻshadigan rahbarlar yetishib chiqadi”, – dedi oʻz chiqishida.

    Magistrlar, shuningdek, ota-onalar soʻzga chiqib, oʻz navbatida, Vazirlik hamda universitet rahbariyatiga, ustozlarga, ota-onalarga buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi mazkur oliygohda taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-taʼlimiy muhit uchun minnatdorchilik izhor etdilar.

    Universitetda 2019-yilda 14 ta mutaxassislik boʻyicha jami 161 nafar yoshlar dissertatsiyalarni muvaffaqiyatli himoya qilib, “Magistr” unvoniga ega boʻldi.

    Maʼlumki, joriy yilning 15-iyunidan boshlab respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida 2019-2020-oʻquv yili uchun qabul jarayoni boshlandi. Bitiruvchi magistrlarga diplom topshirish marosimiga tashrif buyurgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov universitetdagi qabul jarayoni va yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

    Manba: Axborot xizmati