Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqining Hududiy seminari oʻz ishini boshladi
    10.06.2019

    10-iyunda Toshkentda Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning MDH va qoʻshni davlatlar uchun radioaloqa boʻyicha 2019-yilgi 5 kunlik Hududiy seminari oʻz ishini boshladi.

    Seminar XEI tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda. XEI shafeligidagi mazkur mavzuga bagʻishlangan seminar respublikamizda 2010-yilda boʻlib oʻtgan.

    Seminarning asosiy maqsadi mazkur yoʻnalishda tajriba almashish va ushbu spektrni xalqaro miqyosda tartibga solish hamda radiochastota spektri va yoʻldoshli orbitalardan foydalanishning samaradorligini oshirish boʻyicha XEI maʼlumotlariga ega boʻlishdan iborat.

    Seminar ishida Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi, shuningdek, Aloqa sohasida Hududiy hamdoʻstlikning Ijroiya qoʻmitasi, XEIning Radioaloqa byurosi mansabdor shaxslari va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

    Tadbirda, shuningdek, Oʻzbekistondan radiochastota spektri masalalari bilan shugʻullanuvchi davlat organlari, muassasalar, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari ham qatnashmoqda.

    Seminar doirasida XEI ekspertlari tomonidan chastotalarni oʻzlashtirish yuzasidan ariza topshirish, tekshirish va imtihondan oʻtkazishda qoʻllaniladigan va mamlakatlarning aloqa maʼmuriyatlari tomonidan XEIning Radioaloqa byurosiga yuboriladigan XEI Radioaloqa byurosi dasturiy taʼminotidan foydalanish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Tadbirning oʻtkazilish davrida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, “Spektrdan foydalanishni boshqarishdagi tendensiyalar va yangi radioaloqa texnologiyalari” mavzuida forum oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati