Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetiga tashrif buyurdilar
    07.06.2019

    Joriy yilning 25-31 may kunlari professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universitetida “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi doirasida “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” mavzuidagi malaka oshirish va tajriba almashish tashkil etildi.

    Ushbu malaka oshirish va tajriba almashish amaliyoti, yurtimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni, jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU professor-o‘qituvchilari, yosh ilmiy hodimlarini yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, xorijiy mamlakatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalarini amalga oshirish maqsadida olib borilmoqda.

    Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ACM doirasidagi o‘zaro xamkorlikni mustahkamlash. Kelajakda “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashabbusi bilan ochilayotgan o‘quv media-markaz hamda professor Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti o‘quv media-markazi, shuningdek, kelajakda ACM a’zolari bo‘lmish 55 ta media-markaz bilan doimiy aloqani o‘rnatish va malaka almashishdir.

    Tashrif chog‘ida prof. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat universiteti qoshidagi “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(ACM)” loyihasi asosida “Talabalar bahori”, “Talabalar media markazlarini rivojlantirish yo’nalishlari”, “Media kontent tayyorlashda raqamli texnologiyalar” nomli seminarlar va ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z maqolalari hamda taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

    Bundan tashqari quyidagi Sankt-Peterburg shahri oliy ta’lim muassasalari bilan uchrashuvlar uyushtirildi: Sankt-Peterburg kino va televidenie instituti va Sankt-Peterburg davlat universitetining “Jurnalistika” fakultetida joylashgan “Мост” telekanili o‘quv media markazlari faoliyati bilan tanishildi. Mavjud pavilonlar va ijodiy guruhlarning ishlash uslubi yaqindan o‘rganildi. Ushbu institut va fakultet bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan Memorandum tuzishga doir kelishuv ishlari olib borildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati