Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Inha universiteti talabalari birinchi marta "FALLING WALL LAB" da ishtirok etib, birinchi o'rinni egallashdi
    07.06.2019

    Falling Walls Lab - Berlin devorining qulashi 20-yilligi sharafiga Germaniyada yaratilgan loyihadir. Bu yosh olimlar o'zlarining innovatsion g'oyalarini ilmiy, ijtimoiy, sanoat yoki biznes sohalarida taqdim etish imkonini beruvchi konferentsiya hisoblanadi.

    "FALLING WALL LAB" ikki bosqichda amalga oshiriladi: ishtirok etuvchi mamlakatlarda, birinchi navbatda, milliy miqyosda jamoatchilik prezentatsiyalari birinchi saralash bosqichi davomida o'tkaziladi.

    3 may kuni Toshkentda Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan "Falling Walls Lab Tashkent" tanlovi doirasida biznes namunalari, innovatsion loyihalar va g'oyalar taqdimoti bo'lib o'tdi. Inha universiteti talabalari Javohir Jo'raxonov va uning jamoasi "MakeCraft" boshlang'ich loyihasini taqdim etib, birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

    MakeCraft - mavjud materiallatdan masalan, plastmassadan, kauchukdan chiroyli va foydali narsalarni yaratish imkonini beruvchi platformadir. Bu loyiha maqsadi ham odamlarni atrof-muhitni ifloslanishini kamaytirishga undash hisoblanadi.

    Javohir Juraxonov Germaniyaga 8-9 noyabr kunlari Germaniyada har yili o`tkaziladigan siyosat, fan, iqtisodiyot, madaniyat va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida o'tkaziladigan "FALLING WALL LAB" ning yakuniy bosqichida o'z loyihasini taqdim etish uchun Germaniyaga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

    Manba: Axborot xizmati