Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 17 may – "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni"
    17.05.2019

    Bugun jahon miqyosida "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" (World Telecommunication and Information Society Day) nishonlanmoqda.

    Halqaro elektraloqa ittifoqi tashkil topganligi va 1865 yilda Halqaro Telegraf Konvensiyasi imzolangani munosabati bilan 1969 yildan boshlab 17 may "Butunjahon elektraloqa kuni" sifatida har yili nishonlangan. Ushbu kunni nishonlash 1973 yilda Malaga-Torremolinos shahrida bo‘lib o‘tgan XEI Muxtor konferensiyasida belgilandi.

    2006 yilning 27 martida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ko‘rsatma asosida 17 may "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda. Bu kun — dasturchilar, tizim administratorlari, internet-provayderlar, veb-dizaynerlar, internet-nashrlari va ularning muharrirlari uchun kasbiy bayram hisoblanadi.

    Bu kunni har yili turli mavzularda nishonlash an’ana tusiga kirgan. Misol uchun, "Xalqaro kibernetika xavfsiziligini ta’minlashda hamkorlik qilish", "Imkoniyati cheklanganlar bilan aloqani ta’minlash", "AKT da xotin-qizlar" va boshqalar. Bu yil mazkur sanani «Sun’iy intellektdan barcha uchun ijobiy natija uchun foydalanish» shiorida nishonlash tavsiya qilingan.

    So‘nggi yillarda "sun’iy aql"ga ulkan imkoniyat va taraqqiyot istiqboli sifatida qaralmoqda. Aytish joizki, ayni paytda "sun’iy idrok" yaratish borasida Google, Amazon, Nuance, Microsoft, Facebook, Apple, IBM kabi kompaniyalar yetakchi. Sun’iy idrok yaratish yo‘lidagi tadqiqotlarini kengaytirish, yirik ma’lumotlarni qayta ishlash, mashina o‘rgatish texnologiyasi, ma’lumotlarni saqlash va bulutli texnologiyalarda foydalanish hamda ta’lim, iqtisod, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida undan foydalanish muhim vazifalar sirasiga kiradi.

    Manba: Axborot xizmati