Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati hokimi aloqachilarni bayram munosabati bilan taqdirladi
    07.05.2019
    Navoiy shahridagi “Yoshlar” markazida aloqa sohasi xodimlari kasb bayrami munosabati bilan viloyat hokimligi rahbarligida tashkil etilgan tantanali  bayram tadbiriga viloyatdagi  400 dan ortiq aloqa xodimlari toʻplandi.
     
    Bayram tadbirida Navoiy viloyati hokimi, senator Qobuljon Tursunov fidoiy kasb egalarini bayram bilan samimiy qutladi va “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Navoiy filiali xodimlaridan 7 nafari  viloyat hokimining Faxriy yorligʻi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
     
    Mamlakatimizda internetga keng polosali ulanish, WI-FI, WI-MAX, 3G va 4G aloqasi kabi yangi aloqa texnologiyalari, shuningdek operativlikni oshirish, axborot almashuvini yanada rivojlantirish uchun elektron hujjat aylanish tizimi videokonferensaloqa va boshqa texnik vositalar keng joriy qilinmoqda. Viloyat boʻyicha  optik tolali aloqa liniyalarning umumiy uzunligi 2019-yil 1-chorakda 515,3 km.ni tashkil etdi.
     
    2019-yil davomida viloyatdagi umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari hamda sogʻliqni saqlash obyektlariga qadar 130 km.dan ortiq optik tolali aloqa kabeli tortilib, zamonaviy texnologiya asosida xizmat koʻrsatib kelinmoqda. 

    Manba: Axborot xizmati