Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari Keys-musobaqasida birinchi o‘rinni egalladilar
    06.05.2019

    4-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida yilning eng yirik talabalar tadbiri, Job Fest (bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) doirasida o'tkazilgan “Uzbekistan Contest Spring’19” keys-chempionati bo‘lib o‘tdi.   

    Keys-chempionatlar talabalarga aniq muammolarni hal qilishda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar berishga yordam beradi, shuningdek, iqtidorli yoshlarni topishda yordam beradi. O‘z navbatida, keys-chempionati va karyera ko‘rgazmasining birlashuvi natijasida talabalar ish beruvchilar oldida o‘zlarini ko‘rsatishlari va o‘zlariga mos va qiziq ish takliflarini qabul qilish imkoniga ega bo‘lishdi.  

    Shuningdek, keng miqyosda Job Fest mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Job Festda O‘zbekistonning xalqaro va mahalliy kompaniyalari vakillari: Coca-Cola, KPMG, Beeline, UMS, UzAuto, TBC, noyob sovg‘alar, Korzinka, Golden House, Makro va boshqa kompaniyalar ishtirok etdilar.   

    Case chempionatida 40 dan ortiq universitetning talabalari ishtirok etdilar. Final bosqichiga yo‘l olgan guruhlar:

    - Toshkentdagi Inha universiteti (2 jamoa);

    - I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti;

    -Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti;

    -Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti;

    - Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan edi.

    Barcha talabalar eng yaxshi kompaniyaning vakillari bilan uchrashish, suhbatlashish va rezyumelarni taqdim etish hamda amaliyot o‘tash  imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar. Keys-chempionatning final bosqichida Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari g‘alabani qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilar va homiylar tomonidan kompaniyadagi amaliyotlar, o‘quv kurslari va dasturlarga kirish va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati