Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
    05.05.2019

    4 may kuni Aloqa tarixi muzeyida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” hamda aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi.

    Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov ochdi va sohada samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan 64 nafar xodimga “Mohir aloqachi”, “Faxriy yorliq”, “O‘z kasbining ustasi” kabi sohaning faxriy unvonlarini topshirdi.

    Vazir o‘z nutqida qayd etganidek, mamlakatimizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyot sohalarining rivoji ham ayni paytda AKT taraqqiyoti bilan chambarchas bog’liq. Bunda esa to‘plangan tajribalarni hamda zamonaviy ilmiy-texnik rivojlanishni uyg‘unlashtirgan holda, infratuzilmani rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.

    Tadbir doirasida muzeydagi yangi – “Soha faxriylari” ekpozitsiyasining ochilish marosimi ham oʻtkazildi.

    Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati “Xabar” gazetasining 2019-yil, 10-maydagi 18-sonida e’lon qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati