Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 16-may kuni Toshkent shahrida USENET 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
    30.04.2019

    16-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida yetakchi media agentliklardan biri hisoblangan Ledokol Group tomonidan Toshkent shahrida  USENET 2019 konferensiyasi tashkil etiladi.

    Unda Rossiyaning bir qator axborot  texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalar vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Konferensiyaning rasmiy sayti USENET 2019 ga kirib ma’ruzachilarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish hamda ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tez orada saytda tadbirning to‘liq dasturi taqdim etiladi.

    USENET – O‘zbekistonda har yili tashkil etiluvchi yagona internet-konferensiya sanalib, u bir sahnada 20 nafardan ortiq mahalliy va xalqaro ekpertlarni birlashtiradi. Konferensiya 2011-yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi.

    Konferensiyada tinglovchi sifatida qatnashish bepul: uning elektron chiptasi konferensiyaning rasmiy Telegram-kanali: @Usenet2019 da bir necha kun oldin e’lon qilinadi.

    Manba: Axborot xizmati