Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Infografika. Bo‘ka – «tajriba poligoni»ga aylandi
    13.04.2019

    Prezidentning «5 ta tashabbus» loyihasi bo‘yicha Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida keng ko‘lamli amaliyotlar boshlandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi.

    Belgilangan vazifalarni respublika bo‘ylab sifatli amalga oshirishda Toshkentdan 65 km. uzoqlikda joylashgan Bo‘ka tumanida dastlabki tajriba amaliyotlari boshlandi. Bundan mazkur konsepsiya va taklif etilayotgan har bir loyihalarni puxta oprabatsiyadan o‘tkazib, ularni amaliyotda samarali qo‘llash ko‘zda tutilgan.

    Uchinchi tashabbus

    Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba amaliyotlari yakunlangach, Bo‘ka tumanida yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar butunlay o‘zgaradi.

    Buni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish» doirasida qilinayotgan ishlar misolida ko‘rish mumkin.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi

    AKT vazirligidan xabar berishlaricha, bugungi kunda Bo‘ka tumani markazida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ binosida 130 kv.m maydonda «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ni tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

    Mazkur o‘quv markazida 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, shuningdek, axborot texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash va kibersport asoslari bepul o‘qitiladi. Yil davomida qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslarida 430 dan ortiq yoshlarni o‘qitish rejalashtirilgan.

    Maktablarda zamonaviy to‘garaklar

    Tumandagi barcha maktablarda hamda Barkamol avlod markazi va Bolalar internatida kompyuter texnologiyalari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport bo‘yicha to‘garaklarni tashkil etish belgilab olingan. Mazkur to‘garaklarda yil davomida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida 4 500 dan ortiq yoshlarni o‘qitish rejalashtirilmoqda.

    Yuqori tezlikdagi internet va Wi-Fi hududlari

    Sifatli telekommunikatsiya va yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tuman markazigacha transport telekommunikatsiya tarmog‘ini o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2 barobarga yoki 1 Gbit/s.dan 2 Gbit/s.ga ko‘tarildi va bir paytning o‘zida telefon aloqasi, yuqori tezlikdagi internet,  IP-televideniye va boshqa zamonaviy xizmatlardan faydalanish imkoniyati beruvchi 768 portli zamonaviy stansiyalar ishga tushirildi.

    Tumandagi 49 ta maktab, 14 maktabgacha ta’lim va 10 sog‘liqni saqlash muassasalarini yuqori tezlikdagi internet xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 328,5 km. optik tolali aloqa liniyalarini qurish ishlari boshlab yuborilgan.

    Shu bilan birga, bugungi kunda mobil aloqa qamrovi bo‘lmagan «Katta Rovot» MFYdagi Bog‘ mahallasiga mobil aloqa stansiyasini o‘rnatish va mobil aloqa sifatini yaxshilash maqsadida qo‘shimcha 19 ta baza stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirildi.

    Ijtimoiy ob’yektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha bugungi kunda 18 ta maktab, 8 ta maktabgacha ta’lim va 4 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha 30 km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, beshta maktabda internet xizmati ishlatib berildi. Bugundan qo‘shimcha mutaxassislar jalb qilinib, ishlarni yanada tezlashtirish choralari ko‘rildi.

    Ijtimoiy ob’yektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bilan birgalikda chekka hududlar aholisiga ham sifatli telekommunikatsiya va yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratilmoqda.

    Qolaversa, tuman markazining Tinchlik ko‘chasida joylashgan musiqa maktabi, A.Qodiriy ko‘chasida joylashgan Bo‘ka markaziy madaniyat va aholi dam olish maskani, Yoshlar ijodiyot markazi, Amfiteatr maydoni va «Bo‘ston» madaniyat va istirohat bog‘ida Wi-Fi hududlari tashkil etiladi.

    Manba: Axborot xizmati