eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kasblar bozorida yangi yo‘nalish: Toshkent axborot-texnologiyalari kasb-hunar kollejida boshqaruv qurilmalarini ishlab chiquvchi mutaxassislar tayyorlanadi
    08.04.2019

    2019-yil 1-martdan e’tiboran O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan “Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va ularga xizmat ko‘rsatish” fakultetida ilk talabalarni o‘qitish jarayoni boshlandi.

    TATKHK o‘quv binosining bir qavati Puchon Universiteti standartlari va dizayniga mos ravishda jihozlandi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun laboratoriyalar Janubiy Koreya hamkorlari tomonidan taqdim etildi. O‘quv rejasi ham Puchon universiteti tomonidan taqdim etilgan va O‘zbekiston Respublikasi standartlariga moslashtirilgan. Kollej o‘qituvchilari Janubiy Koreyada amaliyot o‘tadilar.

    2-bosqichni tamomlab, koreys tili bo‘yicha III darajani olgan (TOPIK) hamda maxsus fanlarni o‘zlashtirgan talabalarga mahalliy namunadagi diplom beriladi va ular o‘qishning 3-bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettiradilar.

    Til sinovlaridan o‘tmagan talabalarga mutaxassislikka egaligini tasdiqlovchi va kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi mahalliy namunadagi diplom beriladi. Maxsus fanlardan «4» yoki «5» baho olgan, lekin koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) ola olmagan talabalarga kelgusi yilda koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olishlari yana bir imkoniyat beriladi. Agar talaba imtihonni muvaffaqiyatli topshirsa va koreys tilidan 3-darajani (TOPIK) olsa, u kelgusida 3 –bosqich bakalavr yo‘nalishini Puchon Universitetida (Janubiy Koreya) davom ettirish uchun ariza berishi mumkin.

    Manba: Axborot xizmati