Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda uning hududiy boʻlinmalarida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari boʻlib oʻtmoqda
    29.03.2019

    Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda uning hududiy boʻlinmalarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari boʻlib oʻtmoqda.

    Mehnat yarmarkasida sohadagi 100 dan ortiq korxona va tashkilot, muassasa, davlat boshqaruvi organlari oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etmoqdalar.

    Soha korxonalari tomonidan 225 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari va davlat boshqaruvi organlari va xususiy tadbirkorlik korxonalari tomonidan esa 1,2 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari taklif etilmoqda.

    Aytish joizki, butun jahonda kuzayotilayotgani kabi, yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislarga ehtiyoj juda yuqori. Mazkur tendensiya axborot texnologiyalarining sohalarga chuqur kirib borayotgani bilan bogʻliq.

    Mehnat yarmarkasi bir vaqtning oʻzida TATUning Samarqand hududiy boʻlinmasi (Shohruh Mirzo koʻchasi, 37a-uy), Fargʻona hududiy boʻlinmasi (Mustaqillik koʻchasi, 185a-uy), Qarshi hududiy boʻlinmasi (Beshkent trassasi 3 km), Urganch hududiy boʻlinmasi (Urganch shahri, Al-xorazmiy koʻchasi, 110-uy) hamda Nukus hududiy boʻlinmasi (Nukus shahri, A.Dosnazarov koʻchasi, 74-uy) tegishli manzillarida boʻlib oʻtmoqda.

    Mehnat yarmarkasiga tashrif buyurgan ishtirokchilarga ishga kirish uchun oʻtkaziladigan suhbatga 2 mingdan ortiq yoʻllanma taqdim qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati