Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot-brifingi va Ochiq eshiklar kunini oʻtkazdi
    18.03.2019

    16 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da ikkita tadbir – boʻlgʻusi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Ochiq eshiklar kuni hamda “2019-2020 oʻquv yiliga qabulning yangi shartlari” mavzuida matbuot-brifingi boʻlib oʻtdi.

    Matbuot-brifingi doirasida IUT rahbariyati amalga oshirilgan ishlar, joriy holat va 2019-2020 yilga moʻljallangan sezilarli oʻzgarishlar: hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va grant asosidagi kirish imtihonlarining yangi shartlari, chet ellik talabalar uchun imtiyozlar, yangi grantlar va yoʻnalishlarni hisobga olgan holda, kelgusidagi rejalar haqida batafsil soʻzlab berdi.

    Rektor vazifasini bajaruvchi M. Jalolov, oʻquv ishlari boʻyicha1-prorektor doktor Cho Vu Sug va Bosh menejer H. Umarova Toshkent shahridagi Inha universiteti kirish imtihonlari jarayonlaridagi oʻzgarish haqida batafsil soʻz yuritdilar.

    Bu Toshkent shahridagi Inha universitetida kirish imtihonlari 3 marotaba oʻtkaziladi. Bu IUT talabasi boʻlish ehtimolini sezilarli darajada orttiradi. Chunki, har bir abituriyent birinchi marotaba amalga oshmagan boʻlsa, uchta imkoniyatga ega boʻladi.

    Shartnoma asosidagi 1-kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan va shartnoma umumiy summasining muayyan foizini toʻlagan abituriyentlar oʻzlarining bor bilimlarini grant asosidagi
    2-imtihon kuniga safarbar etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar. Mufyyan sabablarga koʻra, roʻyxatdan oʻtish va imtihon topshirish vaqtida IELTS yoki TOEFL sertifikatlari boʻlmagan abituriyentlar universitet sayti ( https://inha.uz)da koʻrsatib oʻtilgan sanaga qadar topshirish sharti bilan imtihonlarga kiritiladilar.

    Shuningdek, chet ellik talabalarga taqdim etilayotgan imtiyozlarga ham katta eʼtibor qaratildi. 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun kirish imtihoni faqat suhbatdan iborat boʻladi, shartnoma summasi esa sezilarli darajada pasaytiriladi.

    Manba: Axborot xizmati