Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Navoiyda yosh mutaxassislar bilan muloqot qildi
    12.03.2019

    Xabar qilganimizdek, AKT vaziri Sh. Sadikov rahbarligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida boʻlib, soha korxona va tashkilotlari faoliyatini oʻrganmoqda. Ishchi guruh Beshrabot tumanlararo pochta aloqasi va Navbahor telekommunikatsiyalar bogʻlamalarida, shuningdek, Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasidagi “TELECOM INNOVATIONS” hamda “TELECOM DEVICES PRO” qoʻshma korxonalarida boʻldi.

    Vazirlik tomonidan “Raqamli texnologiyalar va IT-tadbirkorlik oʻquv markazlari” loyihasini amalga oshirish ishlari boshlangan. Sirdaryo va Namangan viloyatlarida boʻlganidek, Navoiy viloyatida ham ana shu loyihani roʻyobga chiqarish uchun oʻquv markazlariga joy tanlanmoqda. Jumladan, Beshrabot tumanlararo pochta aloqasi bogʻlamasining Navbahor tumani markazidagi binosida oʻquv markazi uchun xonalar koʻrib chiqildi. Vazir Sh. Sadikov zarur boʻlsa, oʻquv markaz oʻqituvchilari, pochta va telekom korxonalari mutaxassislari uchun xizmat uylari qurish lozimligini aytib oʻtdi. Navbahor telekommunikatsiyalar bogʻlamasi hamda “TELECOM DEVICES PRO” qoʻshma korxonasi yosh xodimlari bilan muloqot judayam ochiq va samimiy oʻtdi. Navbahorlik telekomchilar tuman markazida Wi-Fi zonasi tashkil etish taklifi bilan chiqishdi.

    “TELECOM DEVICES PRO” qoʻshma korxonasi joriy yilda 15 ta loyihani amalga oshiradi. Korxona mutaxassislari taklif etayotgan ixcham Wi-Fi routeri bino ichida 30 metrni, bino tashqarisida 60 metrni internet bilan qamrab oladi. Yosh mutaxassis Zarnigor Jumanova taklif etayotgan smartfon oʻziga xos koʻrinishga ega, unga “Kutubxona” dasturi oʻrnatilgan. Smartfonda oʻzbek yozuvchi va shoirlarining badiiy asarlari – Alisher Navoiyning “Xamsa”si, buyuk sohibqiron Amir Temurning “Temur tuzuklari”, oʻzbek mumtoz kuy va qoʻshiqlari joylashtiriladi. Ikonkalar ham milliy ruhda yaratilgan.

    Vazir bilan boʻlib oʻtgan muloqotda yoshlar oʻz takliflarini bildirishdi. Oʻz navbatida, Sh.Sadikov ularning ish faoliyati, rejalari bilan qiziqdi, qanday muammolari borligini soʻradi.

    Manba: Axborot xizmati