Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi
    11.03.2019

    2019 yil 11 martda Toshkent shahridagi Inha universitetida SAP Next-Gen Lab innovatsion laboratoriyasi ochildi. Unda ushbu oliy taʼlim muassasasi talaba va oʻqituvchilari respublikamizdagi xususiy va davlat kompaniyalari uchun blokcheyn, narsalar interneti, toʻldirilgan reallik, mashina orqali oʻquv va kompyuter koʻrish doirasi texnologiyalarini qoʻllagan holda, IT-yechimlar ishlanmalari va ularni sinovdan oʻtkazish ishlari bilan mashgʻul boʻladilar.

    Laborotoriyaning ochilish marosimida raqamli iqtisodiyotga oʻtish davrida bozor malakali IT-mutaxassislarga ulkan ehtiyoj sezishini, ilgʻor IT-texnologiyalar yordamida aniq vazifalarga yechim topish Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga oʻz malakalarini oshirishlariga zamin yaratishiga eʼtibor qaratildi.

    SAP Next-Gen Lab zarur texnik uskunalar, yaʼni kompyuterlar, 3D-printerlar, toʻldirilgan reallik garnituralari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari,  eng yangi texnologiyalardan foydalangan holda, protatiplarni yaratish uchun talabalar va oʻqituvchilarga SAPning platformali yechimlaridan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Talabalar ishlari formati loyihaviy seminarlar, xakatonlar, mahorat-maktablari va treninglarning oʻtkazilishini nazarda tutadi.

    SAP Next-Gen Lab – bu SAPning Universitet alyansi tashabbusidir. Universitetlar bazasida innovatsion laborotoriyalar tashkil etiladi. Ularda talabalar loyihalar ustida ish olib boradilar. Jamoalarga mijozlar va SAP hamkorlari vaziflar topshiradi. Butun dunyoda 100 dan ortiq shunday laborotoriyalar tashkil etilgan.

    Manba: Axborot xizmati