Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • General-polkovnik Z. Almatov boshchiligidaci Ichki Ishlar Vazirligi Ishchi guruhi ishtirokidagi tadbir
    01.03.2019

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z. Almatov rahbarligidagi Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik uchrashuv oʻtkazildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Z. Almatov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamalakatimizning taqdiri va kelajagi uchun maʼsuliyatini oʻz zimmasiga olishga, bu yoʻlda bor bilim va salohiyatini safarbar etishga qodir boʻlgan, azmu-shijoatli yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish biz uchun eng muhim masaladir” degan ezgu fikrlarini olgʻa surgan holda, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, tinchlik-osoyishtalikni qadriga yetish va yurtimizni har qaysi sohada himoya qilishga, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashishga oʻrgatish hozirgi zamon talabi ekanligini hamda yetishib kelayotgan kadrlar kelgusida yurtimiz kelajagini belgilab berishini inobatga olib, bizning universitet yoshlariga katta umid bogʻlashini alohida taʼkidladi.

    Uchrashuvda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Yodgor Saʼdiyev - bugungi shiddat bilan oʻtayotgan zamonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar, talaba-yoshlarni turli yot gʻoyalar taʼsiriga berilmasligi, jinoyatchilikning salbiy holatlari haqida hayotiy tajribasi orqali misollar bilan tushuntirib oʻtdi.

    Manba: Axborot xizmati