Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash maromisi boʻlib oʻtdi
    27.02.2019

    2019 yil 26 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash maromisi boʻlib oʻtdi.

    Tanlovda xalqaro tashkilotlar vakillari, vazirliklar, agentliklar rahbarlari, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari, Oʻzbekiston ixtirochi ayollar markazi, Respublika Ekspert Kengashi aʼzolari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

    Tanlovning birinchi bosqichida xalq xoʻjaligi uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan 4000 dan ziyod texnik loyihalar, innovatsion takliflar va ixtirolar taqdim etildi. Ishtirokchilar: talaba va oʻquvchi qizlar, ixtirochi ayollar, ratsionalizatorlar, muhandislar, dasturchilar, dizaynerlar, vrachlar, farmatsevtika sohasi vakillari, mutaxassislar hamda tadbirkor ayollar.

    “Oʻzbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II respublika tanlovi yakuniy bosqichida 300 nafardan ortiq ishtirokchilar tanlov uchun moʻljallangan oʻz loyihalarini Respublika Ekspert Kengashiga taqdim etdilar. Taqdim etilgan loyihalarning 100 ta eng yaxshisi tanlab olindi. Mazkur loyihalar mualliflari tanlov gʻoliblariga aylandilar.

    Manba: Axborot xizmati