Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbеktеlеkom “UNLIM” sеriyasi yangi tariflarini taqdim etdi
    26.02.2019

    1-martdan boshlab abonentlar UNLIM 4, UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalaridan biriga oʻta olishlari uchun “Oʻzbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mazkur yangi tariflar aynan 25-fevraldan foydalanishga topshirildi.

    Tariflar nomidagi raqamlar taqdim etiladigan xizmatlar tezligi mos ravishda 4, 10 va 20 Mbit/s.ni koʻrsatadi. Cheklanmagan trafik  “gacha” qoʻshimchasisiz taqdim etiladi.

    Agar abonentda ADSL texnologiyasidan foydalangan holda IPTV xizmati mavjud bo'lsa, tarif rejasida ko'rsatilgan tezlikni ta'minlash uchun texnik imkoniyat UZTELECOM savdo idorasiga yozma ariza bilan belgilanadi.

    Abonentlarga FTTx/VDSL texnologiyasi boʻyicha taqdim etiladi. Abonentlar VDSL texnologiyasi boʻyicha ulanish texnik imkoniyatlari mavjud boʻlsa, savdo ofislarida ulanishlari mumkin.

    Faqat texnologik cheklovlar mavjud. Agar Siz xizmatga ADSL texnologiyasi boʻyicha ulangan boʻlsangiz, unda 4 Mb/s. dan oshmagan tezlik va faqatgina mazkur sеriyadagi UNLIM 4 tarif rejasiga ulana olasiz.

    Agar Siz VDSL yoki FTTx texnologiyalari bo’yicha ulangan boʻlsangiz, unda UNLIM 10 va UNLIM 20 tarif rejalariga ulanishning ayni vaqti. Mazkur tariflarning yana bir afzalligi – TAS-IX tarmogʻidagi resurslarga ulanish tezligi 40 Mbit /s. ni tashkil etadi.

    2019-yil 5- martdan boshlab, jismoniy shaxslar uchun cheklanmagan TEZNET 3+, TEZNET 4+, TEZNET 6+, TEZNET 9+, TEZNET 12+, TEZNET 16+, TEZNET 20+ hamda tungi “Night Racer” va “Night Racer +” tarif rejalariga oʻtish va yangidan ulanish toʻxtatiladi.

    UNLIM tarif rejalarining yangi seriyasini eski tariflar bilan solishtirganda narx sezilarli darajada pasaytirildi. Tezlik esa cheklovsiz avvalgi darajada saqlanib qoldi va hatto oshirildi. Yangi tarif rejalariga “Oʻzbektelekom” AK sotuvlar ofislarida ulanish mavjud, abonentlar esa tarif rejalariga shaxsiy kabinet orqali 2019 yil 25 fevraldan oʻtish imkoniyatiga ega boʻldilar.

    Manba: Axborot xizmati