Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Tibbiy oliy taʼlim tizimida AKT: simulyatorlar va robototexnika
    22.02.2019

    Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019 yilning 21 fevral kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida boʻlib oʻtgan “Tibbiy oliy taʼlim tizimida AKT: simulyatorlar va robototexnika” birinchi xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

    Xalqaro konferensiyaning maqsadi mahalliy yosh olimlar va ixtirochilarning ilmiy salohiyatini oʻrganish, shuningdek ularga xorijiy texnologiyalar va ishlanmalarni oʻrnini bosuvchi innovatsion loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashishdan iboratdir.

    Oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va korxonalarning milliy va xalqaro OOʻYu larni turli yoʻnalishlarga integratsiya qilish orqali xalqaro raqobat sohasidagi taʼsirini kuchaytirish, shuningdek davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish mavzusiga alohida eʼtibor qaratildi.

    Taklif buyurgan mehmonlar, shu jumladan Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar siyosati boʻyicha prorektori Turdimurat Tursunmuratov maʼruzalar bilan soʻzga chiqdi. Shuningdek taʼlim tizimida AKT ning oʻrni, tibbiyot va texnika dolzarbligi: zamon talablari, stomatologik taʼlimda 3D-simulyatorlar, Oʻzbekistonda robotlarni hamda tibbiyotda robototexnikani ishlab chiqarish istiqbollari mavzular koʻtarildi.

    Konferensii doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetining talabalari kelajakda aholining turmush sifatini yaxshilashga va butun mamlakat rivojiga hissa qoʻshadigan oʻz innovatsion loyihalarini namoyish qildi.

    Manba: Axborot xizmati