Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TIU da Toshkendagi birinchi EPAM Insider anjumani boʻlib oʻtadi
    21.02.2019

    23 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bor Toshkenda AT sohasidagi trendlarga, shuningdek kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlari - dasturiy taʼminot va innovatsion yechimlarning global taʼminotchilariga bagʻishlangan EPAM Insider anjumani boʻlib oʻtadi.

    EPAM Systems – dasturiy taʼminot va raqamli platformalar ishlab chiqish boʻyicha dunyodagi yetakchi provayderlar sirasiga kiradi. Kompaniya oʻz mijozlariga murakkab biznes muammolarini amaliy imkoniyatlarga aylantira oladigan innovatsion yechimlarni taklif etadi.

    EPAM Insider – bu AT sohasining yetakchilari bilan yuzma yuz tanishish uchun noyob imkoniyatidir. Anjumanning maqsadi Toshkentda AKT sohasi mutaxassislari bilan muloqot qilish, tajriba, biznesdagi amaliy ish va koʻnikmalarni almashishga imkon beruvchi platforma yaratishdir.

    Mazkur anjumanda axborot texnologiyalari sohasi bilan bogʻliq boʻlgan yoki shu sohada faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan hamda global tendensiyalar haqida koʻproq bilishni istovchilar, mutaxassislar va hamkasblar bilan muloqot qilish istagida boʻlgan barcha kishilar ishtirok etish mumkin. 

    EPAM vakillari sohadagi Delivery hamda Project Management, Digital Practice, People Management kabi zamonaviy texnologiyalar haqida batafsil maʼlumot beradi. Anjuman doirasida texnik maʼruzalarni tinglash bilan birga EPAM ekspertlari qanday loyihalar ustida ish olib borayotgani, xalqaro AKT kompaniyasida xizmat pogʻonalaridan qanday oʻsish mumkinligi haqida aytib oʻtiladi va ishtirokchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob beriladi.

    Spikerlar bir vaqtni oʻzida ikkita maydonda maʼruza qiladi. Ishtirokchilar EPAM Insider maʼruzalaridan tashqari I Can Code dasturlash boʻyicha musobaqada ham ishtirok etadi. 

    Anjuman Ziyolilar koʻchasi, 9 manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 09.00da boshlanadi. 

    Anjuman rus va ingliz tillarida olib boriladi. 

    Mazkur loyihada ishtirok etish bepul boʻlib, quyidagi manzil orqali roʻyxatdan oʻtiladi - https://events.epam.com/events/insider-uz

    Manba: Axborot xizmati