Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekistonda DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi boʻlib oʻtadi
    18.02.2019

    Mamlakatimizda joriy yilning mart oyi boshida qizlarning har tomonlama salohiyatini oshirish va ularni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etish maqsadida DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan taʼlim dasturi oʻtkaziladi.

    DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturining tashkilotchilari Microsoft kompaniyasi hamda Toshkentdagi Inha Universitetidir. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

    DigiGirlz – Microsoft kompaniyasining loyihasi boʻlib, taʼlim, fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasidagi investitsiya dasturi hisoblanadi. Mazkur dastur yosh qizlarga texnologiya sohasini hamda yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkonini beradi. Shuningdek, dastur xodimlarni iqtisodiyotning global muammolariga tayyorlash uchun moʻljallangan.

    Dastur Oʻzbekistonda ilk marotaba 2018 yilda oʻtkazilgan edi. Joriy yilda ham Toshkentdagi Inha universiteti ishtirokchilarni 2-, 3- va 6-mart kunlari qabul qiladi.

    DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi yosh qizlarga axborot texnologiyalari tarmogʻi yangi innovatsiyalar bilan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.

    Taʼlim dasturi ikki qismdan iborat. Birinchi qismda ishtirokchilar Microsoft kompaniyasi vakillari hamda AKT sohasi mutaxassislarining maʼruzalarini tinglaydi. Ushbu maʼruzalar qizlarga axborot texnologiyalari sohasidan nimalarni kutishni va mazkur sohada ishlash orqali nimalarga erishish mumkinligini tushunishga imkon beradi.

    Dastur 12-14 yoshdagi (kichik guruh) hamda15-17 yoshdagi (katta guruh) qizlarga moʻljallangan. Ushbu loyihaga qiziqishni bildiruvchilar joriy yilning 23-fevraligacha http://www.digigirlz.uz saytida roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Joylar soni cheklangan.

    Manba: Axborot xizmati