Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Detecon International GmbH” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    15.02.2019

    14 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Germaniyaning “Detecon International GmbH” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Q. Yuldashev germaniyalik mehmonlarni qutlar ekan, xorijiy, jumladan, germaniyalik sheriklar bilan mamlakatimizda zamonaviy IT-texnologiyalarni rivojlantirish, shuningdek, ustuvor ahamiyatga molik telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda ularning ishtirokini jadallashtirish yuzasidan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalarga vazirlik tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

    Oʻz navbatida, “Detecon International GmbH” vakillari kompaniyaning Oʻzbekiston tomoni bilan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda IT va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategiya/konsepsiyalarni ishlab chiqish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatishga tayyor ekanini bildirdilar.

    Shuningdek, uchrashuv doirasida tomonlar oʻzaro hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

    “Detecon International GmbH” kompaniyasi boshqaruv va texnologik konsalting sohasiga ixtisoslashgan. Xalqaro darajada 40 yildan buyon faoliyat yuritadi hamda dunyoning 165 ta mamlakatidagi 1 400 dan ortiq kompaniya va tashkilotlarga oʻz xizmatlarini taqdim etib keladi.

    Manba: Axborot xizmati