Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekistonda 2018 yilda IT-mutaxassislarining maoshi eng tez oʻsish surʼatlarini qayd etdi
    21.01.2019

    Oʻzbekistonda IT-sohasi xodimining oʻrtacha maoshi ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar, ragʻbatlantirish mazmunidagi toʻlovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun toʻlov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurtalash va kasaba uyushmasi jamgʻarmasiga oʻtkazmalarni qoʻshgan holda, 400 AQSH dollarini tashkil qiladi.

    2018 yil yanvar-dekabr oylarida 2017 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori oʻsish surʼati axborot va aloqa sohasida – 33,8 % qayd etilib, (3347,5 ming soʻm)ni tashkil etdi.

    2018 yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar, ragʻbatlantirish mazmunidagi toʻlovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun toʻlov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurtalash va kasaba uyushmasi jamgʻarmasiga oʻtkazmalarni qoʻshgan holda) 1 822,2 ming soʻmni tashkil etdi va 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0 % ga oʻsdi.

    Manba: Axborot xizmati