Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vatan himoyachilari kuni sharafiga
    14.01.2019

    Aloqa tarixi muzeyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti hamda «O‘zbektelekom» AK bilan hamkorlikda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligiga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

    Tadbir O‘zbekiston mintaqalari bilan videokonferensaloqa seansi sifatida tashkil etildi.

    Tadbirda TATU prorektori, Maxsus fakultet boshlig‘i H.Muhitdinov va «O‘zbektelekom» AK istiqbolli rivojlanish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi J.Maxsudov so‘zga chiqdilar. Barchani 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni umumxalq bayrami bilan muborakbod etdilar. Bu bayram millionlab yurtdoshlarimiz uchun Vatanga jasorat, mardlik, vatanparvarlik va fidokorlik ramzi ekanini ta’kidlab o‘tdilar.

    TAТУ maxsus fakulteti boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Y.Xolikov milliy armiyamiz tarixi, olib borilayotgan islohotlar natijalari, Qurolli Kuchlarimizning mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishdagi salohiyati, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va munosib insonni shakllantirishda armiyaning roli haqida so‘zlab berdi.

    Harbiy xizmat – bu mardlik, jasurlik, fidoiylik, jasorat va sadoqat maktabi ekanligi misollarda ko‘rsatildi.
    Yig‘ilishda TATU maxsus fakulteti kursantlari orasidan harbiy xizmatchilar, mintaqaviy videokonferensaloqa studiyalarida harbiy xizmatchilarning ota-onalari, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK xodimlari ishtirok etdilar.

    Aloqa tarixi muzeyi foyesida zamonaviy harbiy aloqa vositalari va harbiy qurol uskunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yig‘ilganlarga faxriy qorovul rotalari va maxsus otryadi chiqishlari namoyish etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati