Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pochta aloqasi mutaxassislari uchun oʻquv kurslari tashkil etilmoqda
    06.01.2019

    Korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy qilish, milliy operatorning faoliyatini diversifikatsiya qilish yoʻllarini oʻrganish, kadrlar salohiyatini zamon talablari darajasiga moslashtirish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Shahrisabz shahrida 2019 yil 4-6 yanvar kunlari “Zamonaviy pochta aloqasi sohasida marketingning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlantirish yoʻllari” mavzuida malaka oshirish oʻquv kursi oʻtkazildi.

    Oʻquv kursiga “Oʻzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyatining barcha viloyat filiallari, “Toshkent pochtamti”, “Xalqaro pochtamt”, “Xalqaro tezkor pochta”, “Matbuot tarqatish” va “Oʻzbekiston markasi” filiallari rahbarlari jalb etilgan. Ularga umumiy marketing, menejment, moliyani rejalashtirish va prognozlash, investitsion qarorlarni baholash, boshqaruv amaliyoti masalalariga oid seminar tashkil qilindi.

    Oʻquv kursi dasturiga koʻra, seminarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihaviy boshqaruv agentligining “Korporativ boshqaruv” ilmiy-taʼlim markazi mutaxassislari hamda “Oʻzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyatining yuqori malakali mutaxassislari olib boradilar.

    Ishtirokchilar nafaqat maʼruzalarni tinglash bilan chegaralanadilar, balki mazkur oʻquv kursi ularga oʻziga xos fikr va tajriba almashish platformasi imkoniyatini ham yaratib beradi.

    Oʻquv kursining nazariy qismi tugagach, Qashqadaryo viloyati tumanlararo pochta aloqasi bogʻlamalari va aloqa boʻlimlarida pochta aloqasi xizmatlarining koʻrsatilishi boʻyicha amaliy tajriba almashish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati