2018 yil – “.UZ” milliy domeni uchun sermahsul boʻldi. Joriy yil qayd etilgan 24.1 % oʻsish surʼati qariyb 12 523 ta domen nomini tashkil etadi. Shuningdek, 23 482 tadan koʻproq yangi domenlar roʻyxatga olindi, ulardan oʻchirilgan domenlar soni – 10959 tani tashkil etadi. Yakunlanayotgan yilda “.UZ” domeni hududida faoliyatda boʻlgan domenlarning umumiy soni – 65 000 tadan ortiq domen nomlarini tashkil etadi.
Yakunlanayotgan yil “.UZ” domeni uchun alohida ahamiyatga ega boʻldi, chunki, 20-21 sentyabrda Toshkent shahri APTLD – Osiyo Tinch okeani mintaqasi yuqori darajadagi domenlar milliy assotsiatsiyasi (Asia Pacific Top Level Domain Association) 20-yubiley Sammitiga mezmonlik qildi. Ushbu Sammitning aynan Toshkentda oʻtkazilishi – davlat, biznes va jamoat tashkilotlarining “.UZ” domeni hududini rivojlantirish ishidagi saʼy-harakatlari va intilishlarining eʼtirofidir.
Bundan tashqari, “UZINFOCOM yagona integratori” MCHJning Roʻyxatga oluvchi sifatida domen nomlarini roʻyxatga olish boʻyicha faoliyatining toʻxtatilishi 2018 yildagi strategik qarorlardan biri boʻldi. Ushbu qaror “UZINFOCOM yagona integratori” MCHJning .UZ domenida roʻyxatga oluvchilar va Maʼmuriyat oʻrtasidagi aniq taqsimlangan funksiyaga rioya etilishi, roʻyxatga oluvchilarning raqobatbardosh tarmogʻini rivojlantirish, domen nomlarini roʻyxatga olish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlarni markazlashmagan tizimga oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, raqobat muhitini taʼminlash, domen nomlarini roʻyxatga olish bozorida koʻrsatilayotgan xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda “.UZ” hududi asosiy reyestrini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga koʻmak beradi.
Manba: Axborot xizmati