Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
    15.11.2018

    Bugun, 15-noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Hindiston elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi deportamenti direktori Radjiv Kumar, Hindiston dasturiy texnologiyalar parki jamiyati bosh direktori Omkar Ray, Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi  direktori Navin Jayn va boshqalar ishtirok etishdi.

    Suhbat davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekistonda AT-parklarni yaratish va rivojlantirish, TATU huzuridagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi bazasida Hindistonning Ilg‘or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish markazi (C-DАС) o‘quv dasturi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish va elektron hukumat, axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashildi.

    Manba: Axborot xizmati