Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston-Qozog‘iston axborot texnologiyalari forumi boshlandi
    26.10.2018

    Toshkentdagi Inha universiteti (IUT)da 25-oktyabr kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston axborot texnologiyalari forumi boshlandi.

    Forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Jumagaliyev, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, mamlakatimiz davlat organlari va tadbirkorlari vakillari, Qozog‘istonning 20dan ziyod kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirni ochgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov qatnashchilarni O‘zbekiston-Qozog‘iston axborot texnologiyalari forumi boshlangani bilan qutladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘zbekistonda IT-texnologiyalar rivojlanishining asosiy tendensiyalari haqida so‘z yuritib, ularning milliy iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyatiga to‘xtaldi. Ta’kidlanishicha, raqamli texnologiyalar mamlakatimizdagi ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlar darajasini tubdan o‘zgartirdi.

    Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Asqar Jumagaliyevning aytishicha, bugun — innovatsion rivojlanishga yolg‘iz erishib bo‘lmaydigan sharoitda, ushbu uchrashuv AKT sohasidagi sermahsul o‘zaro hamkorlikka zamin yaratadi.

    Tadbir davomida taqdimotlar namoyish qilindi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Azamat Karamatov «O‘zbekistonni raqamli o‘zgartirish dasturi» taqdimotini qatnashchilar e’tiboriga havola qildi.

    «Zerde» AJ Milliy infokommunikatsiya xoldingi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Janat Jaxmetova «Raqamli Qozog‘iston» Davlat dasturi taqdimotini o‘tkazdi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. Xususan, «Universal Bank» ATB Qozog‘istonning «Kazteleport» AJ axborot texnologiyalari kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Shuningdek, «UZINFOCOM Yagona integratori» va Qozog‘istonning «Milliy axborot texnologiyalari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va memorandumlarga imzo chekildi.

    Forum Toshkentdagi Inha universitetida sog‘liqni saqlash, telemeditsina, ta’lim, axborot texnologiyalari yo‘nalishlaridagi sho‘’ba yig‘ilishlarida davom etmoqda.

    Tadbir doirasida yana qator bitim va memorandumlarni imzolash rejalashtirilgan.

    Forum 27-oktyabrgacha davom etadi.          

    Manba: Axborot xizmati