9 oktabr kuni “Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonda “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bogʻliq masalalarni birgalikda oʻrganishga kelishib oldilar. Bu esa “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali boʻlishi mumkin.
Hikvision kompaniyasi “Xavfsiz shahar” loyihalarini amalga oshirish va videokuzatuv tizimlari sohasidagi texnologiyalarni joriy qilishda katta tajribaga ega. Bunga Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belorus va Singapurdagi 100 mingdan ortiq IP-kameradan iborat “Xavfsiz shaharlar”ni misol keltirish mumkin. Hikvision mahsulotlari jahonning 150 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.
Manba: Axborot xizmati