Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Operator, Internet-provayderlarning muammolari, savollari tinglandi!
    17.07.2018

    Vazirlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi yurtimizdagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda "O‘zbektelekom" AK tomonidan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishtirokida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yaqindan tahlil qilindi. 

    Uchrashuvda xalqaro kanallarning o‘tkazuvchanlik darajasi yarim yil ichida 1,5 barobar oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, internet-kanallarning hamda IP-transport narx-navosini maqbullashtirish muhim masala bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

    Uchrashuvda "O‘zbektelekom" AK rahbariyati tomonidan 2018 yilning so‘ngiga qadar Internet-kanal narxi bosqichma-bosqich pasaytirilishi hamda mavjud sig‘imlar tezkorlik bilan kengaytirilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, kanallar arendasi uchun tariflarning pasaytirilish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Qolaversa, "O‘zbektelekom" AK infratuzilmasidan ijaraga foydalanishning tarif va yagona tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi. 

    Jamoatchilik kengashi muhokamalari natijasi bo‘yicha operator va provayderlar uchun Vazirlik qoshida Ekspertlar kengashini tuzish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar kengashi raisi Jamoatchilik kengashiga har oyda internet xizmatlari bozorini rivojlantirish va zarur muhitni yaratish uchun Internet provayderlarning takliflarini taqdim etib boradi.

    Shuningdek, yig‘ilishda ayni paytda O‘zbekistondagi mintaqaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar tayyorlanayotgani, xususan hududlarga optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish masalasi diqqat-e’tiborda ekani qayd etildi. Jumladan uchrashuvda aloqa tarmoqlarini abonentlarning ulanish nuqtasigacha tortish, ya’ni loyihalashtirishning "so‘nggi milya" tamoyili bo‘yichazamonaviy yechimlaridan foydalanilayotgani aytildi.

    Uchrashuv yakunida operator va provayderlarga hududlarda keng polosali internetga ulanish bo‘yicha Vazirlikka o‘zlarining sarmoyaviy loyihalarini taqdim etish taklif qilindi.

    Manba: Axborot xizmati