Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonlik mutaxassislar elektron kutubxona yaratishda Koreya tajribasini o‘rganishmoqda
    10.07.2018

    "Milliy umumta’lim elektron kutubxona" loyihasini amalga oshirish doirasida LG СNS kompaniyasi Koreya Respublikasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil qildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxona, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan vakillar ishtirok etmoqdalar. Seminar-trening shu yilning 9-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

    Mashg‘ulotlarda qatnashchilar raqamli texnologiyalardan elektron kutubxonalarda foydalanish, elektron kutubxonani boshqarish, informatsion xizmat ko‘rsatish va kutubxona xizmati marketingini yo‘lga qo‘yish kabi mavzularda ma’ruzalar tingladilar. Shuningdek, ishtirokchilar Koreya Milliy kutubxona va arxivi va Yonsey universitetining Markaziy kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 17 dekabrdagi PQ-2088-son qarori asosida tashkil qilinayotgan “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida raqamlashtirish va skanerlash hamda multimedia markazlari tashkil etiladi. Loyiha qiymati 11,4 mln. AQSh dollarini tashkil qiladi hamda Koreya Respublikasining Eksimbank muassasasi investitsion mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

    Manba: Axborot xizmati