Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazir sahifasi rasmiy maqomga ega bo'ldi ✔️
    13.06.2018

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaevning Facebook tarmog'idagi sahifasi (https://www.facebook.com/a.akhmedkhadjaev/) rasmiy maqomga ega bo'ldi. 

    Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa kuzatuvchilari bilan virtual muloqot o'zaro ishonchli axborotga asoslanadi. Foydalanuvchilar tasdiqlangan sahifa orqali vazir faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi rasmiy yangiliklarni bevosita kuzatib borishlari mumkin.

    Sahifaning rasmiy maqomga ega bo'lishi soxta profillar hamda yolg'on xabarlar tarqalishiga chek qo'yadi, ma'lumotlarni tez va oson ajratib olishga xizmat qiladi. Facebook tarmog'ining qidiruv tizimi foydalanuvchiga kalit so'zlar bo'yicha birinchi bo'lib tasdiqlangan sahifadagi axborotlarni taqdim qiladi.

    Facebook 2013 yilning may oyidan boshlab yirik auditoriyaga ega davlat va jamoat arboblari, jumladan rahbar va siyosatchilar, taniqli shaxslarga ko'k rangli tasdiq belgisini berib keladi.

    Manba: Axborot xizmati