Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Inha talabalarining eng innovatsion ishlanmalari aniqlandi
    11.05.2018

    Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar “IUT Embedded Systems Design Exhibition 2018” ko‘rgazmasi doirasida o‘zlarining 20 ta innovatsion ishlanma va yechimlarini namoyish etishdi.

    Ular orasida “aqlli to‘xtash joyi”, “metroda xavfsizlikni ta’minlash va ogoh qilish tizimi”, “ko‘zlar uchun mashq apparati”, “aqlli uy”, “robotlashtirilgan qo‘l”, “insonning jismoniy holatini nazorat qilish uchun devays”, “aqlli beshik” kabi qiziqarli ishlanmalar ham mavjud.

    Universitet professorlaridan iborat hakamlar hay’atining qaroriga ko‘ra, “Interactive Water Curtain” loyihasi bilan Faridun Klichev, Avaz Alimov, Nasiba Lutfullayeva va Bahodir Solihovlar birinchi o‘rinni egallashdi.

    Ikkinchi o‘rin “Metroda xavfsizlikni ta’minlash va ogoh qilish tizimi” loyihasi uchun Mirzo-G‘olib Suvonberdiyev, Ravshan Mahmadalliyev, Rahimjon Rustamov va Nig‘matjon Anvarovlarga nasib etdi.

    “Pianino” loyihasi bilan Bedilbek Hamidov, Madina Saidova, Malika Anvarjonova va Navro‘z Djandullayevlar uchinchi o‘ringa loyiq deb topildilar.

    Manba: Axborot xizmati