Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xotira va Qadrlash kuni
    09.05.2018

    Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

    9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Vazirlik rahbariyati, bir guruh xodimlari, shuningdek tizimdagi korhona va tashkilotlar rahbarlari poytaxtimizdagi "Motamsaro Ona Haykali" poyiga gullar qo'yishdi. Xotira maydoni har qachongidan ham gavjum. Bu yerga, an'anaga ko'ra, gullar qo'yish uchun davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari tomonidan juda ko'plab insonlar tashrif buyurmoqda.

    Manba: Axborot xizmati