Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Telekommunikatsiyani rivojlantirish bo'yicha xorijlik ekspertlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
    15.03.2018

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyalari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda ekspertlar guruhi O‘zbekistonning telekommunikatsiya bozorida olib borilgan o‘rganishlar natijasiga oid hisobotni taqdim qildilar. Shuningdek, taqdimotda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan xalqaro ilg‘or tajribalar qayd etildi.

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mamlakatning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga oid investitsion loyihalarni amalga oshirishga, xususan xalqaro internet tarmog‘iga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

    Tomonlar hamkorlikni ekspertlar ishtirokida ikkala tomon uchun ham manfaatli kelishuvlar doirasida davom ettirishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati