Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
  • Vazirlik OAV vakillari uchun “Hamkor jurnalist” tanlovini e’lon qiladi
    11.04.2017

    Tanlovning maqsadi:

    - jamiyatimizda axborotlashtirish, “elektron hukumat”, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning fuqarolar hayoti va turmush tarzini qulaylashtirishdagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish;

    - aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jumladan “elektron hukumat” tizimining yangi xizmatlari va qulayliklaridan xabardor qilish;

    - OAV vakillarini rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash.

    Tanlovda ishtirok etish:

    Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, jumladan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari – gazeta, radio, televideniye, axborot agentliklarida va internet nashrlarida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar 2017 yilning 15 aprelidan 25 avgustiga qadar e’lon qilingan o‘zbek yoki rus tillaridagi tahliliy-tanqidiy materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

    “Hamkor jurnalist” tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan OAV vakillari jurnalistik ishlarini Vazirlik Axborot xizmatiga taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

    G‘oliblarni aniqlash:

    Tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar televideniye, radio, bosma OAV, elektron OAV yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovning Hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

    Tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar Hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi:

    – mavzuning dolzarbligi;

    – mavzuning yoritilishi – tahliliy-tanqidiy jihati, aholi uchun foydalaliligi, sodda va tushunarliligi;

    – jurnalistik yondashuv – fikr, xulosa hamda takliflar.

    G‘oliblarni taqdirlash:

    AKT mavzusida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun tanlovining birinchi o‘rin g‘oliblari:

    – diplom;

    – noutbuk;

    – tanlov statuetkasi;

    ikkinchi o‘rin g‘oliblari:

    – diplom;

    – planshet;

    – tanlov statuetkasi;

    uchinchi o‘rin g‘oliblari:

    – diplom;

    – smartfon;

    – tanlov statuetkasi bilan taqdirlanadilar.

    G‘oliblar sentyabr oyida tashkil etiladigan “AKT haftaligi” doirasida taqdirlanadilar.

    Tanlovda ishtirok etish bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan quyidagi “Hamkor jurnalist” tanlovining nizomida batafsil tanishib chiqing.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun tanlov
    TANLOVNING ASOSIY MAQSADI

    Tanlovning asosiy maqsadi – ommaviy axborot vositalari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bag‘ishlangan media materiallarni ko‘paytirish orqali jamiyatimizda axborotlashtirish, “elektron hukumat”, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning fuqarolar hayoti va turmush tarzini qulaylashtirishdagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish, aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, jumladan “elektron hukumat” tizimining yangi xizmatlari va qulayliklaridan xabardor qilish, OAV vakillarini rag‘batlantirish va jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashdan iborat. 
    TANLOVNI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZISh
    1. Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, jumladan davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari – gazeta, radio, televideniye, axborot agentliklarida va internet nashrlarida faoliyat olib boruvchi jurnalistlar ishtirok etadilar. 
    2. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimdagi muassasalarning vakillaridan tarkib topgan tashkiliy qo‘mita zimmasiga yuklatiladi. Tashkiliy qo‘mita tanlovning hakamlar hay’ati tarkibini shakllantiradi. Hakamlar tarkibi vazirlik markaziy apparati va tizimdagi mas’ul xodimlardan tashkil topadi. 
    3. Tanlov g‘oliblarini aniqlash 2 bosqich – tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan media mahsulotlarni qabul qilish va saralash jarayonlaridan iborat bo‘ladi. 
    4. Tanlovga quyidagi 4 yo‘nalishdagi materiallar 2017 yilning 1-aprelidan 1-avgustiga qadar qabul qilinadi: 
    - televideniye;
    - radio;
    - bosma OAV;
    - internet OAV.
    5. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan OAV vakillari o‘zlari muallifliklarida, 2017 yilning 1 aprelidan so‘ng e’lon qilingan televizion, bosma, radio va internet materiallarini joriy yilning 25 avgustiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmatiga taqdim etishlari kerak. 
    6. G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi 2017-yilning sentyabr oyida o‘tkaziladigan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi” doirasida o‘tkaziladi. Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimining kuni va joyi tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan belgilanadi va www.mitc.uz saytida e’lon qilinadi. 
    7. Tanlovga mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning ahamiyati keng yoritilgan tahliliy-tanqidiy materiallar qabul qilinadi. 
    8. Tanlov qatnashchilarining yoshi chegaralanmagan. 
    9. Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlar media materiallar bilan birga, pasport (yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) nusxasini taqdim qilishlari lozim. 
    10. Tanlovga taqdim etilgan materiallar tanlov tashkiliy qo‘mitasi tasdiqlagan hakamlar hay’ati tomonidan saralanadi va shu asosda g‘oliblarning ro‘yxati shakllantiriladi. 
    TAShKILIY QO‘MITA HAMDA IShTIROKChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
    1. Tashkiliy qo‘mita faoliyati davomida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 
    – tanlovni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi; 
    – tanlov boshlanishi to‘g‘risida belgilangan muddatlarda ommaviy axborot vositalariga rasmiy e’lon beradi; 
    – tanlovning o‘tkazilish shartlari (tanlovni o‘tkazish qoidalari, muddati, baholash jarayoni, mezonlari va bosqichlari)ni belgilaydi; 
    – hakamlar hay’atining tarkibini shakllantiradi; 
    – tanlovga arizalar qabul qilish jarayonini tashkil etadi, arizalarning mazkur Nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida rasmiylashtirilishini nazorat qiladi; 
    – tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etadi; 
    – tanlovning boshqa tashkiliy masalalarini hal etadi. 
    2. Tashkiliy qo‘mita o‘z faoliyati davomida quyidagi huquqlarga ega: 
    – tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar Nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob bermagan, jumladan ijodiy ishlarning nomzodga tegishli emasligi aniqlangan taqdirda nomzodni tanlovdan chetlashtirish; 
    – tanlov ishtirokchisi mazkur Nizomda ko‘rsatilgan talablarni buzgan hamda tanlovning o‘tkazilish talab va shartlariga mos kelmagan taqdirda, nomzodni tanlovdan chetlashtirish. 
    3. Tashkiliy qo‘mita a’zolari (vazirlik Axborot xizmati xodimlari) tanlov jarayonida quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: 
    – tanlovning barcha ishtirokchilari uchun teng shart-sharoitlarni yaratish; 
    – tanlov e’lon qilingach, OAV vakillarining so‘roviga asosan, jurnalistlar bilan muayyan mavzularda material tayyorlashda, xususan OAV vakillariga zarur ma’lumotlarni taqdim qilish, maxsus materiallar tayyorlashda hamkorlik qiladi;
    – tanlovning ochiq va oshkora tarzda o‘tkazilishini ta’minlash; 
    – tanlov natijalarini kelishilgan muddatdan avval e’lon qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
    5. Tanlov ishtirokchisining huquqlari quyidagilardan iborat: 
    – tanlovni o‘tkazish shartlari va tartibi to‘g‘risida ma’lumot olish; 
    – tanlov e’lon qilingach, mavzu hamda muayyan yo‘nalishda material tayyorlash bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitadan ma’lumot olish, mavzularni tanlashda hamkorlik qilish; 
    – tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan muddatda jurnalistik ishlarini topshirish; 
    – Tashkiliy qo‘mitaga tanlovga hujjat qabul qilish muddati tugashidan kamida 3 kun oldin murojaat etgan holda, o‘z ishlarini qaytarib olish;
    – tanlov g‘olibi deb e’lon qilinganida sovrin(lar)ni o‘zi yoki ishonchli vakili orqali qabul qilib olish. 
    6. Tanlov ishtirokchisining majburiyatlari quyidagilardan iborat: 
    – jurnalistik ishlarini topshirishdan oldin tanlov to‘g‘risidagi mazkur Nizom bilan to‘liq tanishish, Nizomda ko‘rsatilgan talablar asosida ijodiy ishlarini taqdim qilish; 
    – mazkur Nizomda ko‘rsatilgan qoidalarga qat’iy rioya etish. 
    TANLOV ShARTLARI VA BAHOLASh MEZONLARI
    1. Tanlovda barcha xohlovchilar – professional jurnalistlar, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning tizimidagi muassasalar xodimlaridan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari tanlov e’lon qilinganidan so‘ng televideniye va radioda efirga uzatilgan, gazeta yoki internetda nashr qilingan, AKT sohasiga bag‘ishlangan jurnalistik ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
    2. Jurnalistik ishlar video (televideniye), audio (radio), asl yoki ko‘chirma (bosma OAV) shakllarda qabul qilinadi. Shuningdek internetda e’lon qilingan materiallar printerdan chiqarilgan, shuningdek havola (link)ni ko‘rsatgan holda taqdim qilinishi kerak. 
    3. Tanlovga taqdim etilgan jurnalistik materiallar hakamlar hay’ati tomonidan quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi: 
    – Mavzuning dolzarbligi;
    – mavzuning yoritilishi – tahliliy-tanqidiy jihati, aholi uchun sodda va tushunarliligi;
    – jurnalistik yondashuv – fikr, xulosa hamda takliflar.
    G‘OLIBLARNI TAQDIRLASh
    1. Tanlov g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish maqsadida, Tashkiliy qo‘mitaning majlisi o‘tkaziladi hamda tanlovning natijalari e’lon qilinadi hamda tanlov g‘oliblari va sovrindorlarining ro‘yxati Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi. 
    2. Tanlov natijalari rasman e’lon qilingunga qadar hakamlar hay’ati hamda Tashkiliy qo‘mita a’zolari bu haqdagi ma’lumotlarni oshkor etishlari mumkin emas. 
    3. Tanlov natijalari va g‘oliblarning ro‘yxati taqdirlash marosimidan so‘ng vazirlikning rasmiy sayti hamda axborot hamkorlari hisoblangan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 
    4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mavzusida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun tanlovining birinchi o‘rin g‘oliblari:
    – diplom;
    – noutbuk;
    – tanlov statuetkasi; 
    ikkinchi o‘rin g‘oliblari: 
    – diplom; 
    – planshet;
    – tanlov statuetkasi;
    uchinchi o‘rin g‘oliblari:
    – diplom;
    – smartfon;
    – tanlov statuetkasi bilan taqdirlanadilar.
    YaKUNIY QOIDALAR
    1. Tanlovni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar mas’ul tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda qoplaniladi.
    2. Davlat va nodavlat tashkilotlari tanlovda homiylik qilishlari mumkin.

     

    Sohaga oid materiallar tayyorlash istagida bo‘lgan jurnalistlarga vazirlik Axborot xizmati tomonidan mavzu tanlash hamda mutaxassislarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 238-41-75, 238-43-47;

    Manba: Axborot xizmati