Mazkur hay'at yig'ilishida:
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlarida AKTni rivojlantirish va joriy etish holatini baholash natijalari hamda hududiy manzilli loyihalar ijrosi holati to‘g‘risida; |
2. Sohada ko‘rsatilayotgan hizmatlar sifati ustidan o‘rnatilgan nazorat mexanizmi samaradorligining tahlili to‘g‘risida; |
3. “2015-2018 yillarda “Matbuot tarqatuvchi” AK vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini rivojlantirish Dasturi”ning bajarilishi to‘g‘risida; |
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 20 sentyabrdagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2042-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati to‘g‘risida ma'lumot beriladi. Xohlovchilar ushbu hay'at majlisida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. |
Manba: Axborot xizmati