Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasi mutaxassislari uchun mehnat yarmarkasi bo'lib o'tadi
    24.02.2016

    Mehnat yarmarkasida 100 nafar iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari, sohalari va ish beruvchilari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi oliy va o‘rta-maxsus ma’lumotli 26 ming bitiruvchilar bilan bevosita uchrashish, kelgusida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

    Mehnat yarmarkasida TATU va uning hududiy bo'linmalari, shuningdek AKT sohasiga biriktirilgan 74 ta kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etadilar. 

    Mehnat yarmarkasi Toshkent shahrida Toshkent axborot texnologiyalri universitetining sport majmuasida soat 10:00 dan ish boshlaydi.

    Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning o'zida yurtimizning quyidagi manzillarida bo'lib o'tadi:

    Samarqand: TATU ning Samarqand filialida
     
    Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filialida
     
    Qarshi: TATU ning Qarshi filialida
     
    Urganch: TATU ning Urganch filialida
     
    Nukus: TATU ning Nukus filialida
     
    Andijon: Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
     
    Namangan: Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
     
    Buxoro: Jondor ishlab chiqarish, transport va aloqa kasb-hunar kolleji
     
    Jizzax: Jizzax shahridagi transport va aloqa kasb-hunar kolleji
     
    Navoiy: Navoiy informatika va elektron ishlab chiqarish kasb-hunar kolleji
     
    Termez: Termez axborot texnologiyalari va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 
     
    Ma'lumot uchun telefon: 0(371) 238-43-57

    Manba: Axborot xizmati