Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pandemiyada – masofadan ko‘rsatiladigan xizmatlar sanoqli kunlarda “onlayn” shaklga o‘tkazildi.
    20.05.2020

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda telekommunikatsiya yo‘nalishi rivojlanishi muhimligi bugungi pandemiya sharoiti ham yana bir bor isbotladi.

    Sog‘liqni saqlash, ta’lim, davlat xizmatlari, davlat boshqaruvi tizimi, savdo va xizmat ko‘rsatishning hammasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va telekommunikatsiya xizmatlari bilan bog‘liqligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Yillar davomida masofadan ko‘rsatilmagan xizmatlar sanoqli kunlarda “onlayn” shaklga o‘tkazildi.
             Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rinlari Internet va zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratiladi.
             Shu bois joriy yil 28 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

    Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.

    Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko‘rsatilgan. “Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion so‘mlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so‘mlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so‘mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT parklar bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
             “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, 2020 yil davomida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratiladi, 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari yotqiziladi.

    Joriy yil boshidan bugungi kungacha:

    Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida telekommunikatsiya qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. Bugungi kunda telekommunikatsiya qurilmalari bosqichma bosqich keltirilmoqda. Hozirda 300 ming sig‘imli keng polosali abonent portli telekommunikatsiya qurilmalari keltirildi va hududlarga taqsimlanib mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;

    optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar joriy yilda 1 405 km optik tolali aloqa kabellari yotqizildi va ishlar davom etmoqda. Bu orqali ko‘plab olis xududlarda joylashgan qishloqlarda ko‘p tarmoqli telekommunikatsiya xizmatlarini, jumladan Internet xizmatini ashkil etish imkoni ham yaratilmoqda;

    bundan tashqari ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish maqsadida 40 ta server qurilmasi va 5 komplekt ma’lumotlarni saqlash qurilmalari o‘rnatilib, hozirda mutaxassislar tomonidan montaj va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda;
             2020 yil davomida 104 ta ob’ektda 284 ta baza stansiyalari qurilib ishga tushirildi. Mavjud 460 ta ob’ektlar 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi. Bu yo‘nalishdagi keng ko‘lamli modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11 may kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirish, axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
             2020 yilda optik tolali aloqa liniyalari qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limi yo‘nalishida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish vazifasi belgilangan.
    Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash, shuningdek 2 200 ta yangi mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatilib, keng polasali mobil Internet qamrovini joriy yil yakuniga qadar 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

             Karantin rejimi e’lon qilingan vaqtdan boshlab barcha operatorlar tomonidan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga uydan bemalol fanlarni o‘zlashtirish uchun ta’lim manbalarining veb-saytlarga, asosiy yangiliklar va rasmiy ma’lumotlar veb-saytlariga bepul kirish (dostup) ta’minlandi.
             Jumladan:
             Halq ta’limi vazirligi portali va manbalariga (eduportal.uz, edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz), Respublika bolalar kutubxonasi veb-saytiga (kitob.uz), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab veb-portaliga (itschool.uz), mahalliy videomanbaga (utube.uz), “ZiyoNET” ta’lim portaliga (ziyonet.uz);

    eng ko‘p o‘qiladigan ommaviy axborot vositalarining manbalariga (uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz);
    Oliy ta’lim vazirligiga qarashli saytlarga (tube.edu.uz, dist.edu.uz, mt.edu.uz, pf.bimm.uz, lib.bimm.uz va mt.bimm.uz);

    koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida xabardor qilish, kasallik tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-saytga (coronavirus.uz).
             Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligiga ta’til kunlari talaba va o‘quvchilarning videodars mashg‘ulotlari joylashtiriluvchi ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari va rasmiy veb-saytlari (UZ-domen), elektron axborot portallari xosting imkoniyatlarini kengaytirishda va foydalanuvchilar tomonidan talab ortib ketgan holatlarda ushbu portallar uzluksiz ishlashini ta’minlashda texnik ko‘maklashish ta’minlandi.

             O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xalq ta’limi vazirligi
    va Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda 3 ta televizion kanal orqali «online-maktab» rukni bilan tashkil etilayotgan televizion videodars mashg‘ulotlarini respublika bo‘yicha yer usti raqamli televideniye, kabel televideniye, IP televideniye, internet tarmoqlari orqali hamda yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali ochiq holda (bepul) tarqatish ta’minlandi.Bunda abonentlar xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan hollarda ham videodars telekanallari o‘chirilmasligi ta’minlandi.

             Bu kabi yirik loyihalarga start berilgani asnosida ta’kidlash lozimki, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davlat dasturi” doirasida 2020 yilning qolgan davrida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni va roli, yuqori texnologiyalarning respublikamiz xududlari bo‘ylab qamrovi jadal rivojlanib bormoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati