Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan bozorga kirish qismidagi chorrahada turgan ekskavator “O‘zbektelekom”AKning Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi ish faoliyatiga aloqasi yo‘q
    13.05.2020

    2020 yilning 12 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda va bir qator internet saytlarda “Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi”, degan mazmunda e’lon qilingan video material yuzasidan 2020 yilning 12 may kuni Surxondaryo viloyati hokimiyatining rasmiy telegram kanalida rasmiy bayonot berilgan.

    Rasmiy bayonotda keltirilishicha, “Ushbu video materialda noto‘g‘ri talqin qilinganidek, eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator bu bozorni buzish uchun emas, balki “O‘zbektelekom” AKning Surxondaryo viloyat filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi tomonidan A.Navoiy nomli hamda “Istiqlol” ko‘chalari bo‘ylab xalqaro optik tolali aloqa kabelini yotqizish maqsadida bu ko‘chada qazish ishlarini bajarish uchungina kiritilgan. Qolaversa, ushbu ko‘chalarda transport qatnovining vaqtincha cheklanishi bu yerda ishlayotgan ishchi-xodimlarning faoliyat xavsizligini ta’minlash uchun qilingan”- deyilgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu rasmiy bayonotdan kelib chiqib shuni ma’lum qiladiki, “Magistral va multiservis ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini kengaytirish” (DWDM) loyihasini amalga oshirmoqda.

    Loyihani amalga oshirish uchun “O‘zbektelekom” AK Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi tuman markazidagi A.Navoiy hamda Istiqlol ko‘chalari kesishmasida 200 m kanalizatsiyasini qurish ishlarini olib borgan. Qurilish ishlari 2020 yil 6 may kuni tugatilgan.

    2020 yilning 12 may kuni “Boysun tumani hokimi eski bozorni buzdirib, savdogarlarni yangi bozorga o‘tkazmoqchi”,- degan mazmunda e’lon qilingan video materialdagi “Tuzbozor” mahallasi hududida joylashgan eski bozorga kiraverishdagi chorrahada turgan ekskavator “O‘zbektelekom” AKning Surxondaryo filiali Boysun telekommunikatsiya bog‘lanmasi faoliyatiga umuman aloqasi yo‘qligini ma’lum qilamiz.

    Manba: Axborot xizmati