Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 1-iyun kuni One Million Uzbek Coders loyiha doirasida yakuniy imtihon bo’lib o’tadi
    13.05.2020

    1-iyun kuni One Million Uzbek Coders bepul ta‘lim loyiha doirasida yakuniy imtihon bo’lib o’tadi!

    Yakuniy imtihonga kirish uchun talabalar kursning barcha topshiriqlarini bajarishlari, laboratoriya ishlarini o’tishlari va imtihondan ko’pi bilan ikki kun avval o’tishlari kerak.

    Imtihon uchun ro’yxatdan o’tish muddati: 2020 yil 29 may.

    Final imtihondan muvaffaqyiatli o‘tgan ishtirokchilar  nanodiplomni Udacity Nanodegree grantlari uchun kurashishlari va nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqa kompaniyalar tomonidan tan olinadi. Yana bir muhim informatsiya: faqat eng yaxshi 50 talaba Udacity Nanodegree grantini oladi!

    Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihonga ro’yhatda o’tish uchun qo’llanma: uzbek_coders_enrolling_to_the_final_assessment_instructions-1


    One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchi”) — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy  maxsus onlayn-portal orqali  IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

    Mazkur loyiha  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inxa universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

    Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushurildi.

    Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishlarni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

    Batafsil: http://uzbekcoders.uz/

     

    Manba: Axborot xizmati