Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Online Open Sessions navbatdagi sessiyasida nufuzli xalqaro mutaxassislar ishtirok etdi
    18.04.2020

    17 aprel kuni Online Open Sessions IT-park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi doirasida iCreate ishtirokida to‘rtinchi ta‘lim sessiyasi o‘tkazildi. iCreate bu Hindistonda ilg‘or tajribaga ega eng nufuzli tadbirkorlik va texnologiyalari xalqaro markazlaridan biri.

    Kecha sessiya ingliz tilida “Startup's Financial Mechanic” mavzusida o‘tkazildi. Virtual mashg‘ulotda spiker sifatida tajribali xorijiy mutaxassislar Unmesh Partiwala hamda Vikrant Potnis ishtirok etdilar.

    Unmesh Partiwala  xorijiy tajribali mutaxassis. Venchur investitsiyalash, korporativ bank xizmat ko‘rsatishi, investitsion bank ishi, boshlang‘ich murabbiylik va guruhni boshqarish sohalarida 20 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatadi.

    Vikrant Potnis Fortemagna Advisors Pvt. Ltd kompaniyasining boshqaruvchi direktori. Mazkur kompaniya korporativ masalalari bo‘yicha, venchur capital bo‘yicha o‘qitish, inkubatsiya va innovatsiyalarini boshqarish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan. Vikrant hamda venchur kapital bo‘yicha Hindiston akademiyasining asoschisi (IAVC). Akademiya startaplar uchun kapitalni jalb qilish asoslariga o‘rgatadi.

    Sessiya doirasida barcha ishtirokchilar, shu jumaladan IT-Park startapchilari ham startaplarning moliyaviy asoslarini, investitsiyalarini jalb qilish mexanizmlarni va moliyaviy xavfsizlik masalalarni har tomonlama o‘rganishdi. Ishtirokchilar tomonidan ko‘plab savollar kelib tushdi va moliyaviy faoliyatida ko‘mak beradigan formulalarni o‘rganishda kata qiziqish bildirildi.

    Manba: Axborot xizmati