Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-markazlar eng dolzarb IT-yo‘nalishlari bo‘yicha videodarslarni tayyorlash loyihani amalga oshirmoqda
    14.04.2020


    Respublikamizda barpo etilgan IT-markazlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri — yoshlar va aholining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga zamonaviy axborot texnologiyalarini oʻrgatishdir.

    Shunga ko‘ra va karantin sharoitida IT-markazlarining jamoalari eng dolzarb yoʻnalishlari bo‘yicha videodarslarni ishlab chiqish va tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yishdi. Bugungi kunga qadar IT-markazlarda respublika miqyosida 5 mingdan ortiq tinglovchilar o‘qishni muvaffaqiyatli ravishda tamomlashdi.


    Hozirgi vaqtda quyidagi yoʻnalishlari bo‘yicha videodarslar tayyorlangan:

    1. Adobe Photoshop (7 ta dars oʻzbek tilida, 6 ta dars oraqalpoq tilida);
    2. HTMLʼga kirish (3 ta dars oʻzbek tilida)
    3. HTMLʼda veb-ilovalar (9 ta dars oʻzbek tilida)




    Shuningdek, yaqin orada quyidagi IT-yoʻnalishlari bo‘yicha videodarslar  tayyorlanadi va yuklanadi:

    1. MSOffice
    2. SCRATCH
    3. HTML/CSS
    4. Elektron pochtadan foydalanish
    5. Robototexnikalardan foydalanish
    6. Android-ilova ishlab chiqish
    7. Telegram messenjerida ommaviy kanal ochish va yuritish
    8. Antivirus dasturlari
    9. Java
    10. Unity 3D va boshqalar!

    Siz ham o‘qishga qatnang, bilim oling va yangi mutaxassisliklarni o‘zlashtiring!

    Videodarslarni ko'rish uchun havolalar:

    Manba: Axborot xizmati