Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ayrim xorijiy telekanallarining tarqatilishidagi uzilishlar bartaraf etilib, efirlar tiklanganini ma’lum qilamiz.
    11.04.2020

    2020 yil 11 aprelda soat 04:22 dan “Uzdigital TV”, kabel televideniye va IP-televideniye tarmoqlarida tarqatilayotgan “Perviy kanal”, “Rossiya-1”, NTV, “Zvezda”, “Match TV”, “Karusel”, RU TV, “Muzika Pervogo”, “Muz TV”, ORT HD va TVS (bunda ORT HD va TVS faqatgina “Uzdigital TV” MChJ tarmog‘ida) xorijiy telekanallarning signallari yo‘qolishi kuzatilgani bo‘yicha ma’lumot bergan edik.

    Yuzaga kelgan ushbu holat telekanallar signallari qabul qilinadigan, geostatsionar orbitada 85,2 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan “Intelsat-15 / Horizons 2” yer sun’iy yo‘ldoshi tizimidagi texnik sabablarga ko‘ra ro‘y bergan edi.

    Ko‘rilgan barcha chora-tadbir asosida telekanallar tarqatilishi tiklanganini ma’lum qilamiz!

    Manba: Axborot xizmati