Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ayrim xorijiy telekanallarining tarqatilishidagi uzilishlar to‘g‘risida
    11.04.2020

    2020 yil 11 aprelda soat 04:22 dan “Uzdigital TV”, Kabel televideniye va IP televideniye tarmoqlarida tarqatilayotgan “Perviy kanal”, “Rossiya-1”, NTV, “Zvezda”, “Match TV”, “Karusel”, RU TV, “Muzika-pervogo”, “Muz TV”, ORT HD va TVS (bunda ORT HD va TVS faqatgina “Uzdigital TV” MChJ tarmog‘ida) xorijiy telekanallarning signallari yo‘qolishi kuzatilgan.

    Yuzaga kelgan ushbu holat telekanallar signallari qabul qilinadigan, geostatsionar orbitada 85,2 gradus sharqiy uzunlikda joylashgan “Intelsat-15 / Horizons 2” yer sun’iy yo‘ldoshi tizimidagi texnik sabablarga ko‘ra ro‘y bergan.

    Hozirgi vaqtga qadar “Uzdigital TV”, Kabel televideniye va IP televideniye tarmoqlarida “Muz TV”, RU TV telekanallari efiri tiklandi.

    Shuningdek, “Uzdigital TV” tarmog‘ida “Perviy kanal”, “Zvezda” “Rossiya -1”, NTV telekanallarini tarqatish ham tiklandi.

    Boshqa telekanallarni tarqatishni tiklash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

    Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib boramiz.

    Manba: Axborot xizmati